Toshkentda avtobuslar soni oshiriladi
Jamiyat
−
25 avgust 2023
42954 sentyabrda navbatdagi o‘quv yili mavsumi boshlanishi munosabati bilan, Toshkent shahridagi yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida avtobuslar va ularning qatnovlari soni oshiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Bildirilishicha, sentyabrdan ayni paytda ishga chiqarilayotgan 1464 ta avtobuslar soni 1550 tagacha va qatnov miqdori 21,7 mingtadan 22,8 mingtagacha oshiriladi. Shuningdek, hozirda amalda bo‘lgan 158 ta avtobus yo‘nalishlariga qo‘shimcha 9 ta yangi yo‘nalishda qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha “Toshkent metropoliteni” DUK joriy o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Toshkent metropolitenida poyezdlar qatnovi orasidagi interval qisqartirilishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi