Toshkentda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Jabrlanganlar bor

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyun kuni soat 14:00 atrofida Toshkent shahrining Olmazor tumani Qora-qamish ko‘chasida, “Tansiqboyev” bozori qarshisida yuk avtomobili va yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ voqea joyidan xabar bermoqda.

Aftidan, yuk avtomobili kutilmaganda keskin tormoz olgani sababli, ortdan kelayotgan avtobus unga urilgan. Natijada avtobusning old va yon oynalari singan.

Hodisa joyiga Patrul-post xizmati xodimlari yetib kelgan. YTHda kamida ikki kishi jarohatlangani aytilmoqda. Hodisa bo‘yicha rasmiy idoralar hozircha ma’lumot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib “yashil” va “ sariq” toifaga kiritilgan hududlarda joriy yilning 8 iyunidan jamoat transportlari yurishni boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

204

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing