Toshkentda avtobus ikkita avtomobilni ortidan urdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri Yashnobod tumanida avtobus, Lacetti va Nexia rusumli avtomobilllar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, YTH Yashnobod tumani Botkina ko‘chasida kecha, 27 iyul kuni soat 13:00 da sodir bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, YTH uchta transport vositasi: Toshkent viloyatilik 1990 yilda tug‘ilgan I.M. boshqaruvidagi Mercedes-Benz; Surxandaryo viloyatilik 1987 yilda tug‘ilgan R.Z. boshqaruvidagi Lacetti rusumli yengil avtomobil; va 1991 yilda tug‘ilgan Sh.I. boshqaruvidagi Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan. 

Hozirda mazkur YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Yashnobod

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing