Toshkentda avtobus va elektrobus to‘qnashib ketdi
Jamiyat
−
26 noyabr 2023
7971Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Yutong rusumli elektrobus va King Long rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat kecha, 25 noyabr kuni soat 13:10 larda Yunusobod tumani Shahriston metro bekatida sodir bo‘lgan. Unda 51-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi elektrobus hamda R.A. boshqaruvidagi 2M-sonli avtobus ehtiyotsizlik oqibatida to‘qnashgan.
Dastabki ma’lumotga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilari orasida hech kim ushbu YTHdan tan jarohati olmagan. Yutong rusumli elektrobus va King Long rusumli avtobus texnik shikastlangan.
“Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati hamda “Idoralararo tezkor shtab” ishchi guruhi mas’ul xodimlari hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqib, yo‘l-transport hodisasining kelib chiqish sabablari o‘rganildi hamda yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari boshchiligida hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 noyabr kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida Toshkent-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi