Toshkentda avtobus va Cobalt to‘qnashdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkentning Olmazor tumanida yo‘lovchi avtobusi va Cobalt ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur voqea 7 may kuni soat 13:50 larda Olmazor tumani Keles yo‘li — Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. “Saz Le-60” rusumli avtobusni 1985 yilda tug‘ilgan B.S., Cobalt'ni 1974 yilda tug‘ilgan Z.Z. boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

YTH oqibatida har ikkala haydovchi tan jarohati olgan. Hodisa yuz bergan vaqtda avtobusda yo‘lovchilar bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

to'qnashuv Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made