Toshkentda avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 24 avgust kuni poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida yo‘lovchi avtobusi, Damas va Matiz avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Voqea soat 17:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Toshkent xalqa aylanma yo‘li ko‘chasida qayd etildi. 1978 yilda tug‘ilgan T.Sh. boshqaruvidagi SAZ LE60 rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus, 1981 yilda tug‘ilgan U.R. boshqaruvidagi Damas va 1988 yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvidagi Matiz transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Matiz haydovchisi, Damas yo‘lovchisi va avtobusning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxona olib borilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

111

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing