Toshkentda avtobus Captiva bilan to‘qnashib ag‘darildi
Jamiyat
−
07 fevral 2020
9086Bugun, 7 fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida jamoat avtobusi va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, YTH soat 17:30 da Nilufar va Nilufar 1-tor ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. 27 yoshli K.E. boshqaruvidagi Captiva 117-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi 48 yoshli R.Sh. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan.
Natijada avtobus ag‘darilib ketgan. Avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilardan biri 52 yoshli D.X. tan jarohati olib, tibbiy yordamga murojaat qilgan.
YTH sabablari o‘rganilyapti.