Toshkentda avtobus haydovchisi eshikni skotch va poliyetilen bilan berkitib harakatlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobuslardan birining o‘rta eshik oynasi singan va ushbu eshik polietilin paket bilan yopilgan holatda harakatlanayotgani aks etgan surat tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” AJ holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha. ushbu holat kecha 19 noyabr kuni “4-Avtobus saroyi” tasarrufidagi  Mercedes-Benz LF rusumli 122-sonli yo‘nalishli avtobusi bilan sodir bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, avtobus haydovchisi Qo‘yliq massividan o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib, yerusti metrosi qurilishi olib borilayotgan qismidan o‘tayotganda avtobusning o‘rta eshigiga tosh kelib tegishi oqibatida transport vositasi eshigining oyna qismi sinib ketgan.

Shundan so‘ng, haydovchi shikastlangan avtobusni zudlik bilan “4-Avtobus saroyi”ga kiritgan hamda oynasi singan eshik tegishli mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan ta’mirlanib, yo‘nalishga qaytib chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

496

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing