Toshkentda avgust oyida 14 ta radar o‘rnatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning avgust oyida Toshkent shahrida 14 ta onlayn rejimda ishlovchi statsionar radar o‘rnatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, onlayn rejimda ishlovchi barcha radarlar birgina Olmazor tumani hududida o‘rnatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Olmazor tumani statsionar radar

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing