Toshkentda akademik litsey o‘qituvchisi o‘quvchini kaltakladi
3-sahifa
−
09 noyabr
6901Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan Sa’di Sirojiddinov nomidagi akademik litseyda informatika fani o‘qituvchisi o‘quvchining yuz qismiga musht tushirib, uni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 16 may kuni Chilonzor tumanidagi tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Sa’di Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida sodir bo‘lgan. 2007 yilda tug‘ilgan J.M. ismli o‘quvchi fanga tayyorgarlik ko‘rmagan. 1997 yilda tug‘ilgan M.A. ismli o‘qituvchi bir necha bor ogohlantirsada, J.M. tartibga kelmagan. Oqibatda o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urgan.
Bildirilishicha, hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va bu bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi dars paytida janjallashgani haqida xabar qilingandi. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, ularning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun ish materiallari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan sudga yuborilgandi.
LiveBarchasi