Toshkentda afg‘onistonlik tadbirkor “uxlatildi”
Jamiyat
−
08 Oktabr 2019
7101Toshkentda firibgar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan tadbirkorni chuv tushirdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqaro S.T. (1956 y.t. ishsiz) Afg‘oniston fuqarosi (1989 y.t. MCHJ rahbari) N.G.ga Yunusobod tumanida joylashgan “Oloy dehqon bozori” AJ yonida qurilish uchun yer maydoni va Toshkent shahridan 2 xonali uy olib berishni va’da qilib, undan 10 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, o‘zlashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan kecha, 7 oktyabr kuni Bosh prokuratura Departamentining Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan fuqaro S.T.ga nisbatan JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi