Toshkentda 7 yashar qizga shilqimlik qilgan erkak qidirilmoqda

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkent shahrida 7 yashar qizga shilqimlik qilgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda “Sukut saqlama” (“Ne molchi”) loyihasi xabar berdi. 

Keltirilishicha, kecha, 7 iyun kuni soat taxminan 17:00 da Mirzo Ulug‘bek tumanida (Musavvirlar bekati) o‘rta yoshdagi begona erkak 7 yashar qiz orqasidan ko‘p qavatli uyning pod’ezdiga kirgan. Qiz o‘sha pod’ezdning 1-qavatida turadigan dugonasining oldiga kelgan.

Erkak qizni qo‘rqitib, ro‘paradagi eshik oldiga olib borib, qizni o‘pib, boshqa uyatsiz hatti-harakatlar qilgan.

“Bundan yomoni ham sodir bo‘lishi mumkin edi, lekin ochilgan eshik uni cho‘chitib qo‘ydi. Qizning dugonasi uning kelavermaganidan havotir olib, o‘zi ko‘chaga chiqadi. Jabrlanuvchining ota-onasi darhol ichki ishlar organlariga murojaat qilishdi. Bugun Prokuraturada ham bo‘lishdi. To‘liq video tahririyatimiz va organlarda mavjud. Erkak qidirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Fuqarolardan agar yuqorida surati keltirilgan erkak haqida biror ma’lumotga ega bo‘lishsa, 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralmoqda.

“Bu jinoyat odatda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan Prezident trassasi bo‘ylab sodir bo‘lgan. Ammo qiz ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, erkak o‘tib ketgan ko‘cha bo‘ylab mahalla va tuman IIB xodimlarining ichki kameralari ishlamas ekan. Trassadagi kameralar haligacha ko‘tarilmadi. Agar pod’ezdda aholi o‘rnatgan kamera bo‘lmaganida, erkak haqida umuman ma’lumot bo‘lmasdi. Bu odamni topishda yordam kerak”, deya ta’kidlanadi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made