Toshkentda 7 bola uydagi hovuzga cho‘kdi, 2 nafari halok bo‘ldi
3-sahifa
−
12 iyul 12605 1 daqiqa
Toshkent shahrida o‘z uyida qarovsiz qoldirilgan 7 nafar bola hovuzga cho‘kib ketdi. Ulardan 2 nafari vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar bo‘limiga 7 nafar bola og‘ir holatda olib borilgan. Ulardan 2 nafari shifoxonaga yetib borguncha vafot etgan, 5 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bolalarning hammasi koma holatida bo‘lgan. Ba’zilariga 3 kun, ba’zilariga 1 hafta davomida sun’iy nafas berish apparati ulangan. Hozirda ulardan 3 nafari o‘ziga kelib, palataga o‘tkazilgan bo‘lsa, 2 nafari og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Bolalarning biriga 40 daqiqa muolaja qilingach, yuragi urishni boshlagan.
Markaz shifokorining aytishicha, ular uzoq muddat komada qolgani bois yashab ketish ehtimoli kamroq. Agar shunday bo‘lgan taqdirda ham bolalar nogiron bo‘lib qolishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida 9 yoshli ikki bola fermerning sug‘orish uchun mo‘ljallangan sun’iy hovuziga tushishi oqibatida halok bo‘lgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr