Toshkentda 7 bola hovuzda cho‘kdi. Prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrida o‘z uyida qarovsiz qoldirilgan 7 nafar bola hovuzga cho‘kib ketgani, ulardan 2 nafari vafot etgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, mazkur holatlar prokuratura organlari tomonidan o‘rganildi. Aniqlanishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joriy yilning 12 may kunidan 10 iyul kuniga qadar Toshkent shahrining turli hududlardagi yashash manzillaridan 7 nafar voyaga yetmagan bolani cho‘kishi bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushgan. Shundan 4 nafar voyaga yetmagan bolaga davolanishdan so‘ng yashash manzillariga ruxsat berilgan, 2 nafar voyaga yetmagan bola davolanmoqda, shundan 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Shuningdek, 1 nafar bola qarovsiz qolganligi oqibatida xonadonda mavjud bo‘lgan basseynga tushib ketishi oqibatida vafot etgan. Voyaga yetmagan bola tibbiy muassasaga olib borilgan vaqtda unda biologik o‘lim qayd etilgan.

Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida 9 yoshli ikki bola fermerning sug‘orish uchun mo‘ljallangan sun’iy hovuziga tushishi oqibatida halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent hovuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing