Toshkentda 67 yoshli erkak COVID-19 dan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu bugungi birinchi, epidemiya boshidan beri 80-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 67 yoshli N.S.da (erkak) joriy yil 14 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan. 

Shuningdek, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.   

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing