Toshkentda 64 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida ham 23 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 4 nafar, jami 64 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafar erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi 23 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent viloyatidan, 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, 1 nafari Toshkent shahridan, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 14 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 6 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Andijon viloyatidan, 3 nafari Qashqadaryo viloyatidan, Toshkent shahri va Xorazm viloyatidan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 12 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda, yoshi kichigi 3 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 15 nafari Toshkent shahridan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

3-sonli tug‘ruq majmuasida shifo topgan 4 nafar ayollarimizning yoshi kattasi 38 yoshda, yoshi kichigi 29 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan 1 nafardan. 

Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1170 nafar tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ular 1234 nafarga yetdi. 

Bugun hozirgacha mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 68 nafar bemor forig‘ bo‘lib, jami sog‘ayganlar soni 3082 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing