Toshkentda 61 yoshli erkak ulfatini pichoqladi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 61 yoshli erkak o‘z tanishini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 25 fevral kuni soat 23:00 larda Yashnobod tumani Qorasu ko‘chasida yashovchi 61 yoshli fuqaroning yashash xonadonida yuz bergan. U 45 yoshli tanishi bilan birga kechki ovqatlanish vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Mehmon mezbonni har xil haqoratli so‘zlar bilan so‘kkanida, ulfatiga uni o‘z uyida haqorat qilmasligini aytgan. Jahl bilan stol ustida turgan oshxona pichog‘i yordamida tanishining chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda erkak olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 61 yoshli erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing