SSV yonib ketgan avtobusdagi yo‘lovchilar ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 aprel kuni soat 01:44da O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida Mercedes-Benz rusumli avtobus yo‘ldan chiqib ketib, avtohalokatga uchragani haqida xabar bergan edik. Avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilar evakuatsiya qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur YTH bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, avtobus ichidagi 53 nafar yo‘lovchidan 27 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Jarohatlanganlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga mos ravishda zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ulardan 19 nafariga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Yana 2 nafari Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uyiga ruxsat berilgan. Ular potranaj xizmatiga nazoratiga olingan. Qolgan 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Travmatologiya va Shoshilinch xirurgiya bo‘limlariga yotqizildi. Ularning ikki nafari: 54 yoshli Asqad Kobilov va 2,5 yoshli Robiya Ma’murboyeva muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Ayni paytda jarohatlangan bemorlar o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu yo‘l transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan barcha yo‘lovchilarning xonadonlariga borildi, ahvolidan xabar olinib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkil etilgan. Hozirda barcha bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing