Buxorodagi “Karvon” bozorida katta yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
00:35 355 1 daqiqa
Bugun, 3 oktyabr kuni Buxoro shahrida joylashgan “Karvon” bozorida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:49 da Buxoro viloyati FVBga Buxoro shahrida joylashgan “Karvon” bozorida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borgan. Soat 23:45 da yong‘in qurshab olingan va soat 00:12 da to‘liq bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi yangi qurilayotgan masjid binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.