Sirdaryoda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH bo‘ldi (video)

3-sahifa

−

image

M-39 avtomobil yo‘li Toshkent-Termiz yo‘nalishining Sirdaryo viloyati hududidan o‘tuvchi qismida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Buning ortidan katta tirbandlik yuzaga keldi. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 07:45 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-39 avtomobil yo‘li “Toshkent-Termiz“ yo‘nalishining 924–925-kilometridagi yo‘l o‘tkazgich ko‘prik qismida (ta’mirlanayotgan yo‘l uchastkasida) Gentra, Irusiya hamda Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Sodir bo‘lgan YTH oqibatida mazkur yo‘l qatnov qismi bo‘ylab qisqa muddatli tirbandlik yuzaga kelgan.

Bildirilishicha, hozirda Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining “Toshkent-Termiz“ yo‘nalishi bo‘ylab transport vositalarining erkin harakati to‘liq yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, sodir etilgan YTH oqibatida jarohatlanganlar va jabrlanganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB JXX YHXG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida tormozi ishlamay qolgan GAZ-53 yuk avtomobili svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing