Toshkentda 6 ta mashina ustiga daraxt ag‘darildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 18 mart kuni soat 07:22 larda Toshkentning Uchtepa tumanida oltita mashinani daraxt bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Hodisa Uchtepa tumani Chilonzor 23-mavze 31-uy oldida yuz bergan. Voqea joyiga zudlik bilan 1 ta qutqaruv ekipaji yetib borgan. Daraxt qulashi natijasida 6 ta (Kia, Gentra, Nexia-3, Damas, Cobalt, “Niva”) yengil avtomobil shikastlangan. 

“Hozirda yuzaga kelgan vaziyat oqibatlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda.  Hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, FVV aholidan kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmaslikni so‘ragan.

Avvalroq Toshkent shahridagi “Le Grand Plaza” (sobiq “Tata”) mehmonxonasi yaqinida katta daraxt qulab, uchta mashinani bosib qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent daraxt

Baholaganlar

366

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing