Toshkentda 6 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 24 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 6 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa soat 21:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashina, 1997 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina, 1982 yilda tug‘ilgan M.I. boshqaruvidagi Epica rusumli avtomashina, 1994 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina, 1997 yilda tug‘ilgan U.K. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashina, 1995 yilda tug‘ilgan M.P. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashina to‘qnashgan. 

YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21 mart kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida haydovchi Tracker rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda u yoritkich ustuniga borib urilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Chilonzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing