Toshkentda 55 kishi koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
01 iyul 2020
3930Bugun, 1 iyul kuni poytaxt Toshkentda yana 55 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Shu soatlarda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 1 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 53 nafar, jami 55 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3424 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5737 nafarni tashkil etmoqda. 2864 nafar bemorning davolanishi esa davom etmoqda. Mamlakatda ushbu kasallik ortidan vafot etganlar esa 26 nafarga yetdi.
LiveBarchasi