Toshkentda 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
08 Oktabr
7686Toshkent shahar Shayxontohur tumanida tadbirkorga 500 000 AQSH dollarlik shartnoma tuzib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.S.” MCHJ rahbari N.Sh. (muqaddam sudlangan) tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida “L.Y.” korxonasi bilan 500 000 AQSH dollari miqdorida qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytgan. U 50 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 1,5 million dollar evaziga davlat zaxirasidagi 5 gektarga yaqin yer maydonlarini mansabdor tanishlari va auksion o‘yinlari orqali olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi