Toshkentda 50 000 so‘m uchun Cobalt olib qochildi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2020 6750 1 daqiqa
Joriy yilning 20 oktyabr kuni poytaxtning Yashnobod tumanida avtomobil o‘g‘irlandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘ri bu ishni 50 000 so‘m evaziga amalga oshirgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.
Dastalbki ma’lumotlarga ko‘ra, 20 oktyabr kuni soat taxminan 02:30 da Yashnobod tumanida yashovchi 23 yoshli Sh.X. fuqaro Sh.D.,ga tegishli Cobalt rusumli avtomashinani olib qochmoqchi bo‘ladi. Chunki avtomobil Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 279-uyning tashqarisida qarovsiz qoldirilgan edi. Sh.X. bundan foydalanib, oynani sindirish yo‘li bilan salonga kirib, transport vositasini olib qochgan. Shudan so‘ng, Sh.X., ushbu avtomashina salonida bo‘lgan 50.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib, avtomashinani Mirobod tumani, Qo‘yliq 2-mavzesi hududida qoldirgan va hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, Sh.X.,dan 50.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Sh.X.,ga nisbatan Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sh.X., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan bo‘lib, protsessual tartibda ushlangan”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025