Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
27 noyabr 2023
8245Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shaxar IIBB axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isoxonova QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27 noyabr kuni soat 17:00 larda Yashnobod tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 33 yoshli J.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt, 48 yoshli A.G. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2, 33 yoshli A.V. boshqaruvidagi Spark, 35 yoshli B.A. boshqaruvidagi Cobalt va 53 yoshli A.T. boshqaruvida bo‘lgan Nissan rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
“YTH oqibatida faqat 33 yoshli Spark haydovchisi tan jarohati olgan bo‘lib, ayni vaqtda unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan”, deydi Nilufar Isoxonova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 noyabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida ichida ikki nafar haydovchi va feldsher bo‘lgan tez yordam mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchragan edi. Oqibatda bir nafar mashina haydovchisi vafot etgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi