Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH bo‘ldi
3-sahifa
−
28 noyabr 2024 5349 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 28 noyabr kuni soat 16:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik va Shoh-Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelgan haydovchilar 1958 yilda tug‘ilgan T.R. boshqaruvidagi Hongi EQM 5, 1994 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi Cobalt, 1988 yilda tug‘ilgan X.U. boshqaruvidagi Tracker 2, 1998 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 3 hamda 1982 yilda tug‘ilgan T.M. boshqaruvida bo‘lgan Onix rusumli transport vositalari oraliq masofaga amal qilmasdan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ikkita yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025