Toshkentda 5-qavatdan tushib ketgan 4 yashar bolaning ahvoli ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

Avvalroq, Toshkent shahri Olmazor tumani 3-Beruniy dahasidagi besh qavatli uyning beshinchi qavatida uch yosh 11 oylik bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani haqida xabar bergan edik. Bola uyda yolg‘iz qolganligi sababli o‘ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin u aholi tomonidan pastda adyol tutib ushlab qolingan.

Bugun, 15 yanvar kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Bolalar majmuasida shifokorlar tomonidan beshinchi qavatdan tushib ketgan bolani takroriy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, bola og‘ir jarohat olmaganligi va ahvoli yaxshi ekani yana bir bor tasdiqlandi.

“Ushbu kutilmagan holatdan hali ham shokdaman. Farzandim shamollagani uchun bir muddatga uyda qoldirib, boshqa bolamni maktabdan olib kelish uchun chiqqandim. Shu orada, falokat oyoq ostida deganlaridek, bu voqea bo‘lib turibdi. Qo‘shni va shifokorlardan bolamning hayotini asrab qolishdagi yordami uchun juda ham minnatdorman”, degan bolaning onasi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea yuzasidan 14 yanvar kuni soat 16:18 da chaqiruv bo‘lgan. Birinchi yordam voqea joyida ko‘rsatilib, zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan hamda shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qo‘llanilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Toshkent

Baholaganlar

634

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing