Toshkentda 44 ta elektr va 20 ta gaz tarmog‘i uzilgan

Jamiyat

image

O‘zbekiston hududida ob-havo sharoitida keskin yomonlashuv ro‘y berdi. Bu haqda ob-havo mutaxassislari oldindan ogohlantirgan edi.

8 apreldan 9 aprel kuniga o‘tar kechasi kuchli qor yog‘ishi oqibatida ko‘plab daraxtlarning sinishiga, elektr tarmoqlarida uzilishlar va gaz quvurlarining shikastlanishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Jami 44 ta elektr  tarmoqlarida uzilish kuzatildi, 31 ta holat ertalab soat 10:00 ga qadar bartaraf etilib, hozirda 13 ta elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bular:

•    Olmazor tumani, Qoraqamish 2/3 va 1/3 mavzelarida;

•    Yunusobod tumani, "Islomobod" va "Hasanboy" mahallalari, 14-mavze,  Markaz-4 mavzelarida;

•    Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘bek mahallasida;

•    Uchtepa tumani "Ko‘ksaroy" mahallasida;

•    Chilonzor tumani, "Beshqo‘rg‘on" mahallasi va Chilonzor kichik sanoat hududida;

•    Shayxontohur tumani, "Samarqand darvoza", Suzuk ota va "Gulobod" mahallarida;

Jami 20 ta gaz tarmoqlarining uzilishi kuzatilib, 7 ta holat ertalab soat 10:00 ga qadar bartaraf etilib, hozirda 13 ta manzillarda gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ular:

•    Chilonzor tumani 9-mavzedagi 61-uy, 3-mavzedagi 78-uy, 6-mavzedagi 52-uy, 5-mavzedagi 11-uy, 6-mavzedagi 67-uylarda;

•    Mirobod tumani, Fayzobod ko‘chasi 42-uyda;

•    Olmazor tumani, Chuqursoy ko‘chasi 2,17 va 18-uylarda;

•    Yunusobod tumani, Niyozbek yo‘li ko‘chasi 17-uyda;

•    Uchtepa tumani, 11-mavze 17-uy, Zargarlik korxonasi,  

•    Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-uy va Birlashgan ko‘chasi 10-uyda;

Elektr va gaz tarmog‘idagi uzilishlar sababli shahardagi 7 ta lokal qozonxonalar (Mirzo Ulug‘bek tumani - 5 ta, Shayxotohur – 2 ta) faoliyati to‘xtatilgan.

Ularga ulangan 148 ta ko‘p qavatli uylarga issiqlik ta’minotini yetkazishning vaqtincha imkoniyati yuq. 

“Hurmatli  hamshaharlar! Hozirda ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etishga barcha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining tegishli kuch va vositalari jalb qilingan”, deyiladi hokimlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, kun yakuniga, ya’ni soat 18:00 ga qadar aniqlangan uzilish holatlari to‘lik bartaraf etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz elektr ta'minoti

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing