Toshkentda 41 yoshli erkak 4 yoshli qizni zo‘rladi
3-sahifa
−
03 Oktabr
17646Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 4 yoshli qiz zo‘rlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bizga ma’lum qilishicha, mazkur holat haqiqatdan ham Yangiyo‘l tumanida sodir bo‘lgan. 1983 yilda tug‘ilgan erkak 2020 yilda tug‘ilgan qizga jinsiy tajovuz qilgan.
Aytishlaricha, qizcha hozirda shifoxonada.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119- (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) va 273-moddalari (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida o‘nga yaqin kishi, jumladan IIB tergovchisi voyaga yetmagan qizni zo‘rlagandi.