Toshkentda 4000 namozxonni sig‘dira oladigan masjid ochildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 3 mart kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida “Siroj solih” masjidi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu masjid bir vaqtda 4000 kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. “Siroj solih” masjidi Eklektika me’moriy uslubida ya’ni milliy va zamonaviy uslublarning o‘zaro uyg‘unligi asosida barpo etilgan. Shuningdek, anjumanlar zali, veb-sayt faoliyati uchun videostudiya kabi qo‘shimcha imkoniyatlarga ega.

Avvalroq, O‘zbekistonda 2021 yil umumiy sig‘imi 43 mingdan ortiq bo‘lgan 13 ta markaziy masjid ochilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

masjid

Baholaganlar

620

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing