Toshkentda 4 ta avtomobil to‘qnashdi

3-sahifa 5476
image

Toshkentda 4 ta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, kecha, 2 may soat 14:30 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasida haydovchilar:

1) 1991 yilda tug‘ilgan U.N. boshqaruvidagi Matiz rusumli;
2) 1987 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi Lacetti rusumli;
3) 1969 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi yana bir Matiz rusumli;
4) 1980 yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va haydovchi U.N. boshqaruvidagi Matiz avtomobili ag‘darilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 161
Reyting: 3
Teglar
YTH
t
×