Toshkentda to‘rtta mashina to‘qnashdi
3-sahifa
−
20 yanvar 2021 9866 1 daqiqa
Toshkentning Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘lida to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa Lacetti yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketishi natijasida yuz bergan. Lacetti Toyota Camry bilan to‘qnashgan, undan keyin Matiz hamda Mazda’ga urilgan.
Hodisa natijasida Matiz, Toyota Camry haydovchilari va yo‘lovchilari – uning rafiqasi va voyaga yetmagan farzandi jarohat olgan. Jarohatlanganlar tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Avvalroq, Toshkentda avtobus piyodani urib yuborishi natijasida jabrlanuvchi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025