Toshkentda 36 yoshli erkakni do‘pposlab, mashinaga solib ketgan yigitlar ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxs mashinadan tushib, yo‘lovchi fuqaroni shafqatsizlarcha do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyul kuni taxminan soat 20:25 larda Toshkent shahri Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasida oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar 1988 yilda tug‘ilgan N.T., 1993 yilda tug‘ilgan S.Q., 1987 yilda tug‘ilgan D.Q., 1995 yilda tug‘ilgan H.Q., 1994 yilda tug‘ilgan J.I. va 1997 yilda tug‘ilgan Sh.O.lar qarz masalasida og‘zaki janjallashgan. Fuqarolar S.Q., D.Q., H.Q.lar jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib tan jarohat yetkazgan. So‘ng N.T.ni avtomashinaga solib,  uyi oldiga olib borgan.

“N.T.ga shifoxonada birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u uyiga ketgan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyatida ko‘chada bir odamni temir buyum bilan urib kaltaklagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ichki ichlar vtomashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing