Toshkentda 35 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyun kuni Toshkentdagi uchta tibbiyot muassasasi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 11 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 3 nafar, jami 35 nafar bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 16 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 61 yoshda, kichigi esa  9 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 6 nafar, Toshkent viloyatidan 4 nafar, Namangan viloyatidan 3 nafar, Qashqadaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatidan 2 nafardan, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatidan 1 nafardan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, kichigi esa 10 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Toshkent viloyatidan 2 nafardan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatidan 1 nafardanni tashkil qiladi.

3-sonli tug‘ruq majmuasida shifo topganlarning biri 24 yoshli surxondaryolik homilador Sankt-Peterburgdan, 21 yoshli asli qashqadaryolik bo‘lgan ikkinchi fuqaro esa Moskvadan kelib, karantin muassasasida  kasalligi aniqlangan edi. Uchinchi fuqaro esa 41 yoshli poytaxtlik homilador koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali ushbu infeksiyani yuqtirib olgan. Shifokorlarning 17 kunlik tinimsiz muolajalari sabab u ham bugun darddan forig‘ bo‘lib, o‘z uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, endilikda poytaxt va Toshkent viloyatida 3054 holatda kasallik qayd etilishi barobarida 1989 nafar bemor sog‘aydi.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 4054 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing