Toshkentda 34 yoshli homilador ayol koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
28 iyul 2020
9021Toshkentda yana bir homilador ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda rasman e’lon qilingan koronavirus qurbonlari soni 122 nafarga yetdi.
Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 34 yoshli Sh.M. (ayol) joriy yil 16-21 iyul kunlari shahar 9-son tug‘ruq kompleksida “27 haftalik 6-homiladorlik, 5-tug‘ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetishmovchiligi” tashxisi bilan davolangan.
Bemorda “COVID-19” tasdiqlangach, shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
LiveBarchasi