Toshkentda 33 kishi koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
14 iyun 2020
6517Poytaxt Toshkentda 14 iyun soat 21:30 holatiga ko‘ra, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Tuzalganlarning 21 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 3 yoshli qizaloq.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1930 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugun 69 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 3943 nafarni tashkil etmoqda. Ayni vaqtga qadar O‘zbekistonda 5051 kishida koronavirus aniqlangan.
LiveBarchasi