Toshkentda 33 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 33 nafarga ortib, 4199 kishini tashkil etmoqda. 

Ayni shu soatlarda poytaxt Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 11 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 15 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasida 4 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va o‘z uylariga kuzatildi.
 
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 2130 nafarga yetdi.
 
Shunday qilib, bugun 68 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 4199 nafarni tashkil etmoqda. Ayni vaqtda mamlakatda umumiy bemorlar soni 5730 nafarni tashkil etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

65

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing