Toshkentda 33,4 ming dona psixotrop saqlagan shaxs qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida katta miqdorda psixotrop saqlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxs va uning 27 yoshli samarqandlik tanishi poytaxt hududida to‘xtatilib tekshirilgan. Ularning yonida 8400 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘lgan. 

Shuningdek, ular vaqtinchalik ombor sifatida foydalanib kelayotgan Chilonzor tumanidagi uydan ham 12600 dona “Regapen” va 10 ming dona turli xildagi, ishlab chiqarish firmasi aniq bo‘lmagan, qo‘lbola usulda tayyorlangan dori vositalari, dorilarni qadoqlashda foydalaniladigan 500 dona idishlar aniqlangan. Bundan tashqari qalbaki dorilarning qadoqlariga tegishli qaydlarni yozishga mo‘ljallangan markerlovchi mini-printer qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, 1994 y.t. shaxs 6 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 600 ming so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga bu turdagi dori vositalarini yetkazib berib turgan, Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan fuqaro ham poytaxt hududida ushlangan. Uning Tracker rusumli avtotransport vositasidan 12400 dona “Zardeks” va 14 dona “Regapen” dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar-fevral oylarida narkotiklarni o‘tkazish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi 22 ta uyushgan narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX psixotrop Regapen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing