Toshkentda 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida temiryo‘l relsi ustidan o‘tayotgan 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro temiryo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotganida uni yo‘lovchi poyezd urib yuborgan. Fuqaro voqea joyida vafot etgan. Tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida fuqaro spirtli ichimlik ichgani aniqlangan.  

Marhumning onasi o‘g‘li bir kun oldin farzandli bo‘lganini, ayolini tug‘uruqxonadan olib chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uyidan chiqib ketganligini aytgan.

“Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida poyezd Gentra mashinasini urib yuborishi oqibatida bir oilaning 5 nafar a’zosi halok bo‘lgandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent poezd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing