Toshkentda 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tadi
Jamiyat
−
08 fevral 2019 6791 2 daqiqa
Joriy yilning 19-20 fevral kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyoda o‘zaro uyg‘unlik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’lum qildi.
Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlov nutqini so‘zlashi kutilmoqda. Konferensiya davlat rahbari tomonidan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.
Konferensiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Forumga Afg‘oniston, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Misr, Xitoy, Quvayt, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan. Ular mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, ta’lim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.
Tadbirda Yevropa Ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025