Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda bir haydovchi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 13 iyun kuni Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2, 1992 yilda tug‘ilgan A.Z. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti hamda 1991 yilda tug‘ilgan P.L. boshqaruvida bo‘lgan Lada rusumli avtomashinalar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Yo‘l transport hodisasi oqibatida Malibu-2 avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda,” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan dahshatli YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made