Toshkentda 25 yoshli qizning yonidan narkotik topildi

3-sahifa

image

Toshkentda 25 yoshli qizning yonidan narkotik modda topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX inspektorlari tomonidan Monza rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda haydovchi 37 yoshli D.E. hamda yo‘lovchilari 24 yoshli A.A. va 25 yoshli K.E.larning ko‘rinishi va xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan. Xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina yo‘lovchisi K.E. yonidan 2 dona shpritsda noma’lum narkotik moddasiga o‘xshash suyuqlik va 4 dona psixotrop dori vositasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar hamda aniqlangan moddalar Yashnobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Lacetti haydovchisi taqiqlangan modda bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing