Surxondaryoda narkosavdogarlar 42 kg narkotik bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
09 Oktyabr 3254 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida qariyb 42 kilogramm narkotik musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Toshkent viloyatidan harakatlanib kelgan, Denov tumanida yashovchi, 1977 y.t. shaxs boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina mazkur tuman hududida to‘xtatilib, tekshirilgan. Natijada, uning yukxonasiga o‘rnatilgan gaz balloni ichiga 43 dona o‘ramda jami 41 kg 904 gramm “opiy“ moddasi yashirilganligi ma’lum bo‘lgan.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu narkotikni olib ketish uchun kelgan vaqtida 1960 va 1983 yillarda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan denovlik va sariosiyolik 2 nafar fuqaro ushlangan.
Tezkor tadbirning keyingi bosqichida esa qo‘shni davlatdan olib kelingan narkotik moddalar buyurtmachisi hisoblangan – 1978 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, Sariosiyo tumanida yashovchi shaxs ham qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, hozirda narkosavdogarlarning barchasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondan O‘zbekistonga kelgan 41 yoshli shaxsning yuk mashinasidan 48,5 kg narkotik topilgandi.
Live
Barchasi27 Oktyabr