Toshkentda 25 yashar samarqandlik yigit o‘ldirib ketildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Toshkentda asli samarqandlik bo‘lgan 25 yashar Sh.X o‘ldirib ketilgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Xabarda qayd etilishicha, 12 sentyabr kuni soat 11:00 da samarqandlik 25 yoshli Shokir X.ning qo‘shnisi Shokir ijaraga olgan xonadon eshigi ostida qon rangiga o‘xshash izlarni payqab qolgan. Ayol bu haqida xonadon egasiga telefon orqali xabar bergan, xonadon egasi yetib kelgach, uy ichida Shokir X.ning tanasini topib, huquq-tartibot organlariga xabar bergan. 

Ushbu fakt asosida prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Xonadonni ko‘zdan kechirish vaqtida jinsiy aloqaning yaqqol izlari qayd etilgan. 

Tezkor-tergov tadbirlari davomida videokuzatuv kameralari yozuvlari o‘rganildi, ehtimoliy guvohlar bilan so‘roq o‘tkazildi. Gumonlanuvchi – Olmazor tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz 28 yoshli Odiljon Yu. ekanligi aniqlangan. 

Shu kunning o‘zida gumonlanuvchi Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Qo‘lga olingan shaxs so‘roq vaqtida Shokir X. bilan “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida tanishgani, 11 sentyabr kuni uchrashishga kelishganlari, soat 21:30 da u jabrlanganni xonadoniga kelgani, xonadon ichida ular orasida kelishmovchilik yuzaga kelib, natijada Odiljon suvenir pichoq bilan Shokirni bo‘yin va qo‘l qismlariga bir necha bor urganini ma’lum qilgan. 

Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Qotillik

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing