Toshkentda 21 yashar qiz YTHda vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 4 iyun kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 21 yoshli qiz yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat 00:25 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasida yuz bergan. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotgan 21 yoshli S.N. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni o‘rtasidagi yoritish ustuniga urilgan.

YTH oqibatida Lacetti haydovchisi S.N. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiyot yordamga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing