Toshkentda 200 ga yaqin odamda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 15 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 234 nafarga oshib, 34 251 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 185 nafari Toshkent shahrida, 37 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari  Namangan viloyatida, 4 nafari esa Xorazm viloyatida, tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 61 yoshli U.A. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli A.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 28 661 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (84 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 5 367 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 289 nafari og‘ir, 362 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing