Toshkentda 200 dollar pora olgan o‘qituvchiga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi maktablardan birining 200 dollar pora bilan qo‘lga tushgan o‘qituvchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan maktablardan birida faoliyat olib boradigan o‘qituvchi ayol fuqaroning ishonchiga kirib, uni o‘zi ishlaydigan maktabga ishga kiritib qo‘yish maqsadida 200 dollar pora olayotgan paytda qo‘lga tushgan.   

“Faoliyatim davomida bu birinchi marta sodir bo‘ldi, men bu ishga beixtiyor aralashganman. Hech qachon bunday narsa bo‘lmagan, bu birinchi va oxirgi marta. Men chuqur afsusdaman va barchadan kechirim so‘rayman”, deydi ayol.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi ayolni aybdor deb topdi va bir yil muddatga davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qildi, shuningdek, unga 2 yil-u 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda o‘qituvchi 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora o'qituvchi 200 dollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing