Toshkentda 2 yashar qizcha YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
03 iyul 2020
10083Kecha, 2 iyul kuni Toshkentning Uchtepa tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 yashar qizcha hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
YTH soat 12:00 da Uchtepa tumani Xondamir ko‘chasida yuz bergan. Spark rusumli avtomobil haydovchisi 38 yoshli Zafar N. piyodani urib yuborgan. Natijasida 2 yoshli S.X. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
YTH haydovchi to‘satdan yo‘lga chiqib olgan bolani ko‘rmay qolgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. YTH joyi – mahallaning ichi.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni qarovsiz qoldirmang.