Toshkentda 2 ta uy yondi. O‘t o‘chiruvchilarning suvi muzlab qolgani rostmi? (video)
3-sahifa
−
15 yanvar 2023
17185Ijtimoiy tarmoqlarda yonayotgan uyni o‘chirish uchun kelgan o‘t o‘chirish mashinalarida suv muzlab qolgani, uy esa 12 soat yongani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 13 yanvar kuni soat tungi 00:23 da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Beshqo‘rg‘on” mahallasida bir-biriga tutash bo‘lgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:03 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:34 da qurshab olingan. Soat 05:05 da yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in 4 soat 2 daqiqada o‘chirilgan.
“Yong‘in 12 soatda o‘chirilgan degan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi xabarda.
Yong‘in oqibatida 2 ta uyning 200 kv metr maydonda tomi, ichi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning 450 kv metr (200 kv metr va 250 kv metr) maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
“Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 26 kilometrni tashkil etadi. Yong‘in-o‘chirish avtomobillari doim har qanday vaziyatda jangovar shay holatda turadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati Koson tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli qo‘shimcha binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi